Stoltenberg Rossiya bilan chegaralarda harbiylar joylashtirilishiga izoh berdi

Rossiya bilan chegaralarda NATO harbiy batalonlari bo‘lishi rossiyaliklarning Yevropa bilan chegaralariga harbiylarini joylashtirganiga mutanosib (proporsional) keladi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qilgan.
«Rossiya bilan chegaralardagi minglab harbiylarni o‘z ichiga olgan NATO batalonlari o‘n minglab harbiylarni o‘z ichiga olgan rus diviziyalari bilan miqdor jihatidan teng emas. Bizning javobimiz mudofaaviy ko‘rinishda bo‘lib, chegaralarga harbiylar joylashtirilishi chegaraning narigi tomonidagi Rossiya harbiylariga mutanosib turadi. Mudofaa yaxshi tashkil etilgan: bir nuqtaga qilingan hujumga barcha qismlar birdan javob qaytara oladi», — deya bosh kotibning so‘zlarini keltirgan The Guardian.
Bundan oldinroq Stoltenberg xabar qilgandiki, NATO Rossiya bilan munosabatlardagi mavjud taranglik tufayli o‘z harbiylarini jangovar holatga keltiradi.
Mavzuga oid

14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi

20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA

21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda

08:40 / 16.04.2025