Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talgat Tojuddin: Terrorizmning Islom va iymonga umuman aloqasi yo‘q

Foto: TACC
Rossiya Musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi raisi, Oliy muftiy Talga Tojuddin TASS agentligiga bergan intervyusida, 9-10 noyabrda Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya yakunlari xususida o‘z fikrlarini bildirdi. "XXI asr ta'limida Islom qadriyatlari va ilg‘or g‘oyalari" mavzusida bo‘lgan anjumanda Islom ta'limi va kadrlar tayyorlash muammolari borasida oshkora bahs-munozaralar bo‘lib o‘tgan.
Tojuddinning so‘zlariga ko‘ra, anjumanning yana bir diqqat qaratgan mavzusi deyarli butun Islom dunyosini qamrab olgan ekstremizm va terrorizm to‘lqini bo‘lgan. Xususan, arab bahori, AQSh yetakchiligidagi koalitsiyaning Iroqqa bostirib kirishi, Suriyadagi sa'y-harakatlari keng muhokama qilingan.
“Terrorizm hamda ekstremizm Islom va boshqa har qanday an'anaviy dinlarga umuman aloqasi yo‘qdir. U haqiqiy fitna bo‘lib, birinchi galda musulmonlarning o‘zlariga qarshi qaratilgandir. Bu fitnaning aks-sadosi esa, Yevropada ham Rossiyada ham eshitilmoqda. Anjumanda biz terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishini qoralab, barcha mamlakatlarni xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda birlashishga chaqirdik”, - degan Rossiya musulmonlari Oliy muftiysi.
Mavzuga oid

18:28 / 26.07.2025
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

08:23 / 24.07.2025
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

17:23 / 12.07.2025
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi

08:20 / 30.06.2025