Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izsiz g‘oyib bo‘lgan samolyot yo‘lovchilarining yaqinlari mustaqil ravishda qidiruv ishlarini boshlashdi

Foto: AFP
2014 yili izsiz yo‘qolgan Malayziyaning Boeing samolyoti bortida bo‘lganlarning yaqinlari layner bo‘laklarini mustaqil ravishda qidirib topishga qaror qilishdi, deb xabar qilmoqda «Bi-bi-si».
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bir necha bora Afrikaning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab qidirish ishlarini tashkil qilishni so‘rashgan, biroq “hech narsa qilinmagan”.
Qidiruv ishlari unda qatnashayotgan Greys Natan va olti kishi tomonidan moliyalashtirildi. Ularning yaqinlari MH370 bortida bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, MH370’ni qidirish ishlari shu paytgacha Avstraliyaning g‘arbiy sohillarida olib borilayotgan edi. Biroq u kerakli natijalarni bermadi. Shungacha Malaysia Airlines’ning olti bo‘lagi Sharqiy Afrikada topildi.
Avvalroq, avstraliyalik mutaxassislar yo‘qolgan MH370 haqida yangi ma'lumotlarni e'lon qilishdi. Kuala-Lumpurdan Pekinga yo‘l olgan samolyot 2014 yilning 8 mart kuni radarlardan yo‘qolib qolgan. Layner bortida esa 227 yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zolari bor edi.
Mavzuga oid

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

17:55 / 30.06.2025
Hindistondagi Boeing Dreamliner halokatiga sabotaj sabab bo‘lishi mumkin

21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi

19:24 / 16.04.2025