Jahon | 10:18 / 07.12.2016
7880
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada Kalashnikov avtomati ishlab chiqariladi

© EPA/CHICO SANCHEZ, arxiv

Venesuelada AK-103 avtomatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod 2019 yilda ishga tushiriladi. Bu haqda RF bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin Rossiya-Venesuela yuqori darajadagi komissiyasi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra ma'lum qilgan.
"2019 yilda AK-103 avtomatlari va ularga mo‘ljallangan o‘q-dorilarni ishlab chiqarish to‘la hajmda amalga oshiriladi", - degan bosh vazir o‘rinbosari.

Uning aniqlik kiritishicha, "ikki-uch yil avval bo‘lgan ba'zi bir muammoli masalalar hal etildi".

Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, avtomatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha barcha kerakli uskunalar yetkazib berilgan. 
 

Mavzuga oid