Ikki o‘smir 14 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Tennessidagi yong‘inlarda ayblanmoqda

Foto: © AP Photo/ Erik Schelzig
AQShning Tennessi shtati ikki o‘smirni 14 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishda ayblamoqda, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.
Mana bir necha haftadirki Tennessi, Jorjiya va Shimoliy Karolina shtatlarida yong‘inlar so‘nmayapti. Yong‘inning tarqalishiga janubiy shtatlardagi qurg‘oqchilik sabab bo‘lmoqda.
O‘smirlar 23 noyabrda Tennessi shtatidagi Great Smoky Mountains milliy bog‘ining bir qismida o‘t qo‘yishda ayblanmoqdalar. Ayni vaqtda ular hibsga olinganlar.
Yirik yong‘in tufayli Tennessi gubernatori Bill Xeslem shtatda favqulodda vaziyat tartibini kiritdi. Xeslemning aytishicha, joriy yong‘inlar shtat hududida oxirgi 100 yil ichida yuz bergan eng yirik yong‘inlardir.
Mavzuga oid

22:45 / 28.05.2025
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025