Filippinda 6 yoshli bola "giyohvand moddalarga qarshi urush" qurboniga aylandi

Filippin poytaxti Manilada 6 yoshli bola hukumatning narkotrafikka qarshi olib borayotgan kurashi qurboniga aylandi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bolakay giyohvand moddalarni tarqatishda gumon qilinayotganlarni izlash bo‘yicha o‘tkazilgan reyd vaqtida uxlab yotgan chog‘ida o‘ldirilgan.
Bola onasining aytishicha, u eshik taqillaganini, uning turmush o‘rtog‘i eshik ortida kim ekanligini so‘raganda, ikkita o‘q ovozini eshitgan. Oqibatda uning turmush o‘rtog‘i va farzandi o‘ldirilgan.
Filippin prezident Rodrigo Duterte hokimiyat tepasiga kelgandan keyin mamlakatda giyohvandfurushlikka qarshi jiddiy kurash boshlangan. Bu qattiqqo‘l siyosat mamlakat siyosatchilari va qonun chiqaruvchilari, dunyo ahli tomonidan tanqidga uchrab kelmoqda.
Mavzuga oid

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

22:37 / 08.04.2025