Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Bronza uchun bahsda «Atletiko Nasonal» «Amerika»ni yengdi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun bahs Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» va Meksikaning «Amerika» jamoalari o‘rtasida kechdi. Ushbu uchrashuvda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Iokagamada bo‘lib o‘tgan bahsning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 11 metrli jarima zarbalarini amalga oshirishda «Atletiko Nasonal» klubi futbolchilari aniqroq harakat qilishdi.
O‘yinning asosiy vaqtida, 6-daqiqada meksikaliklar himoyachisi Migel Samudio o‘z darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochgandi. «Atletiko Nasonal» hujumchisi Alexandro Gerra 26-daqiqadagi goli bilan hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Maykl Arroyo (38) va Oribe Peralta (66) javob gollari muallifi bo‘ldi.
Amerika – Atletiko Nasonal
Gollar: 0:1 – 6, avtogol Samudio, 0:2 – 26 Gerra, 1:2 – 38 Arroyo, 2:2 – 66, penalti Peralta.
Amerika – Munos, Pimentel, Pablo Agilyar, Samudio, Alvarado (Kintero, 46), Arroyo, Gerrero, Sambuesa (Martines, 70), Villiam, Valdes, Romero (Peralta, 59).
Atletiko Nasonal – Armani, Agilyar, Dias, Bokanegra, Enrikes, Gerra (Borxa, 78), Aryas, Torres, Uribe (Neto, 70), Moskera, Berrio (Rodriges, 89).
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Pablo Agilyar (57), Dias (65), Pimentel (67), Neto (77), Enrikes (79), Berrio (82).
Mavzuga oid

08:03 / 25.03.2025
Amerika samolyoti uchuvchining pasporti yo‘qligi sababli AQShga qaytishga majbur bo‘ldi

16:29 / 11.08.2024
Amerikaliklarga sotilgan va sovetlar zavodini Moskvaga ko‘chirib ketgan kompaniya - Opel tarixi

11:34 / 06.08.2024
Los-Anjyelesda tarix yaratgan Madrimov. O‘zbek bokschisi Amerikani qanday zabt etdi?

11:35 / 03.03.2024