Silvestr Stallone Trampning rahbarlik taklifini rad etdi

Foto: Shutterstock
Amerikalik aktyor Silvestr Stallone AQSh San'at va gumanitar fanlar Milliy jamg‘armasiga rahbarlik qilmasligi haqida bayonot berdi, deb yozmoqda Variety.
Buning o‘rniga u faxriylar bilan ishlashni ma'qul ko‘rmoqda.
Stallonening qayd etishicha, u bunday taklif bildirilganidan bag‘oyat xursand. Ammo, uning fikricha, fuqarolarning diqqatini qulay turarjoy, yaxshi ish haqi va yetarli moliyaviy ko‘makka muhtoj faxriylar ehtiyojlariga qaratishda ko‘proq foydasi tegishi mumkin.
16 dekabr kuni The Daily Mail nashri AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Stalloneni AQSh San'at va gumanitar fanlar Milliy jamg‘armasiga rais sifatida tayinlamoqchi ekani haqida yozgan edi. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, yangi prezident «Amerika san'atini yana buyuk qilish uchun» aktyor nomzodini munosib deb topgan.
70 yoshli aktyor Silvestr Stallone rejissyor, ssenariynavis va prodyuser hamdir. U «Rokki», «Rembo» kabi turli filmlar orqali yaxshi tanish.
Mavzuga oid

22:42
AQSh Eronning mudofaa sanoatiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

14:15
«Tramp zerikib qolmasligi» uchun NATO sammit dasturini qisqartirdi

23:35 / 19.06.2025
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi

22:37 / 19.06.2025