Ispaniya kubogi. «Barselona» yetakchilarsiz ham raqibini tor-mor keltirdi

Foto: Twitter/FCBarcelona
Ispaniya kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakunlandi. «Barselona» 64 ming tomoshabin qarshisida «Erkules»ni qabul qildi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi qismida ikkita to‘p kiritgan kataloniyaliklar, ikkinchi bo‘limda raqibni ayab o‘tirishmadi. Messi-Suares-Neymar uchligisiz harakat qilgan jamoada Arda Turon katta sahnaga chiqdi. Yarim soatda turk futbolchisi xet-trek qayd etgan bo‘lsa, jamoaning yangi futbolchisi Pako Alkaser nihoyat rasmiy uchrashuvda ham «Barselona» safidagi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
7:0 hisobida yakunlangan o‘yin, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 8:1 ko‘rinishini oldi va Luis Enrike shogirdlari yangi yilga qadar davom etadigan tanaffusga Ispaniya kubogining 1/8 final ishtirokchisi sifatida chiqib ketadigan bo‘ldi.
Ispaniya kubogi, 1/16 final
Javob uchrashuvi
Barselona – Erkules 7:0 (2:0)
Gollar: Din (37), Rakitich (45, penalti), Rafinya (50), Turon (55, 86, 89), Pako Alkaser (73).
Barselona: Sillessen, Aleish Vidal, Umtiti, Din, Maskerano, Suares, Andre Gomesh, Rafinya, Rakitich, Turon, Pako Alkaser.
Erkules: Riko, Roxas, Penya, Dalmau, Bueso (Maynts, 54), Minyano, Fernando, Xose Gaspar (Neto, 46), Chechu, Cheka, Berrokal (Salinas, 69).
Ogohlantirishlar: Aleish Vidal (42) - Penya (42).
Dastlabki uchrashuv: 1:1
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:36 / 07.05.2025