Jahon | 09:36 / 27.12.2016
4388
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 2020 yilgacha Marsga birinchi zondini yuboradi

Foto: NASA/ ESA

Xitoy 2020 yilgacha Marsni tadqiq qiluvchi birinchi zondini uchirmoqchi, deb aytildi Xitoyning koinot tadqiqotlari bo‘yicha "Oq kitobi"da.

"Xitoy 2020 yilgacha Marsga orbitada tadqiqotlar o‘tkazish uchun birinchi zondini yuborishni rejalashtirmoqda", deb aytildi hujjatda.   

Hujjatda aytilishicha, Xitoy nafaqat orbitadagi tadqiqotlar, balki Mars sirtiga qo‘nish va uni o‘rganish uchun muhim texnologiyalarni o‘rganmoqchi. Zond shuningdek asteroidlarni, Yupiter sayyorasi tizimini o‘rganadi. 

Noyabr boshida Xitoy o‘zining eng kuchli raketa-tashuvchisi "Chanchjen-5"ni muvaffaqiyatli uchirgandi. Avvalroq xitoylik olimlar uni Marsga zondni olib chiqish dasturi doirasida qo‘llamoqchi ekanliklari ma'lum qilingandi.   

 

Mavzuga oid