Tramp Putinning amerikalik diplomatlarni chiqarib yubormaslik qaroriga izoh berdi

Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQShning ketayotgan prezidenti Barak Obama ig‘volariga uchramay, Rossiyadan AQShning diplomatlarini chiqarmaslik qarori AQShning bo‘lg‘usi prezidenti Donald Trampga xush keldi.
"Ajoyib yurish. Men hamisha u aqlli odam ekanini bilardim", deb izoh bergan Tramp Putinning bu qaroriga tvitterda.
Obama Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritib, AQShdagi 35 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgan. Putin esa hamkasbining bu qaroriga bosiqlik bilan javob berib, "biz mas'uliyatsiz "oshxona" diplomatiyasi darajasigacha tushib ketmaymiz" va "amerikalik diplomatlarga muammo yaratmaymiz" deb aytgan va aksincha, ularning farzandlarini Kremldagi Yangi yil archasiga taklif qilgan, Obama va uning oilasini esa Yangi yil bilan tabriklagan.
"Rossiya-AQSh munosabatlarini tiklash bo‘yicha keyingi qadamlarni prezident Tramp ma'muriyati o‘tkazadigan siyosatdan kelib chiqib yo‘lga qo‘yamiz", deb aytgan Putin.
Mavzuga oid

22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida

20:36 / 22.05.2025
Rossiya qo‘shinlari bufer zona yaratish muammosini hal qilmoqda – Putin

23:48 / 20.05.2025
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi

20:09 / 20.05.2025