Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasda zaharli gazdan bolalar halok bo‘ldi

Foto: Getty Images
AQShning Texas shtatida zaharli gazdan 4 bola halok bo‘ldi va yana 6 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda NBC telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 2 yanvarda Amarillo shahridagi turar joy binosida sodir bo‘lgan. Noma'lum kimsa zararkunandalarga qarshi kimyoviy moddalar saqlanadigan yerto‘la xonasini tozalamoqchi bo‘lganda pestitsidning suv bilan kimyoviy reaksiyasi yuz berib, o‘ta zaharli fosfin gazi ajrab chiqqan. Bu gazning uzoq vaqt ichga nafas bilan yutilishi o‘limga olib keladi.
Telekanalning ma'lum qilishicha, bir bola voqea joyida, qolgan 3 nafari shifoxonada halok bo‘lgan. Ularning barchasi shu uyda yashaganlar.
Mavzuga oid

14:00 / 08.07.2025
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi

14:36 / 07.07.2025
Texasda suv toshqini qurbonlari soni 78 kishiga yetdi

13:50 / 06.07.2025
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar

17:44 / 05.07.2025