Filippinda 130 dan ko‘proq mahbus qochib ketdi

Foto: Getty Images
Filippindagi turmadan 130 dan ko‘proq mahbus qochib ketdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, mahalliy radikal tashkilotning jangarilari hujumidan keyin qochishga muvaffaq bo‘lingan. Hujum oqibatida qo‘riqchilardan biri halok bo‘lgan, bir mahbus yaralangan. Ayni vaqtda qochoqlardan 2 nafari qo‘lga olingan, qolgan mahbuslarni qidirish operatsiyasi davom etmoqda.
Mahalliy qishloqlardan birining boshlig‘i aytishicha, qishloq odamlari ham bir qochoqni tutib olishgan. Ularning aytishicha, qochoqlar boshpana topish yoki odamlarni garovga olmasliklari uchun o‘z qishloqlarini himoya qilishga tayyorlar.
Mavzuga oid

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

16:07 / 16.04.2025