Pokistonda poyezd yetti nafar maktab o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: Pakistan Today
Pokistonning Panjob viloyatida motorikshaning poyezd bilan to‘qnashuvi oqibatida yetti nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Pakistan Today gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, ikkita motoriksha poyezd kelayotgan payt temir yo‘lni kesib o‘ta boshlagan. To‘qnashuv oqibatida yana besh-sakkiz yoshlarda bo‘lgan besh nafar bola og‘ir tan jarohatini oldi.
Ma'lumot uchun, Pokistonning Karachi shahrida o‘tgan yilning noyabrida ikki poyezdning to‘qnashib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, yana 40 nafar yo‘lovchi jarohatlangandi. Ikki oy avval esa Panjob viloyatida yo‘lovchi va yuk poyezdining to‘qnashuvi tufayli to‘rt kishi halok bo‘lib, 93 inson jarohat oldi.
Mavzuga oid

21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat

00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi

22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi

17:40 / 13.05.2025