«Oltin globus» mukofotlarini qo‘lga kiritganlik bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Foto: AP
«La-La Lend» musiqali filmi yettita mukofotni qo‘lga kiritib «Oltin globus» rekordchisiga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Kartina rejissyorlik, ssenariy va eng yaxshi komediya va myuzikl uchun mukofotlarga ega chiqdi. Bundan tashqari, filmdagi bosh rollarni ijro etgan Rayan Gosling va Emma Stoun, bastakor Jastin Gurvits hamda uning hammualliflari mukofotga loyiq topilgan.
Ma'lumot uchun, avvalgi rekord «Kakku uyasi uzra uchib o‘tayotib» hamda «Yarim tungi ekspress» filmlariga tegishli bo‘lib, ularning har biri oltita mukofotni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid

17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi

00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025