Jamiyat | 08:12 / 10.01.2017
3616
1 daqiqa o‘qiladi

Anqaradagi ko‘chaga Rossiya elchisi nomi berildi

Foto: AP Photo/ Burhan Ozbilici

Anqaradagi Karyogdi ko‘chasiga Rossiyaning Turkiyadagi elchisi, 19 dekabrda o‘ldirilgan Andrey Karlovning nomi berildi. Aynan shu ko‘chada Rossiyaning elchixonasi joylashgan. Bu haqda Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi vakili ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

"Ko‘chaning Karlov sharafiga qayta nomlanishi Anqara shahar munitsipaliteti yig‘ilishida bir ovozdan qabul qilindi. Ertaga elchixonaga Anqara meri Melix Gyokchek kelib, buni rasman e'lon qiladi", deb aytgan vakil.   

Karlov 19 dekabrda Anqarada fotoko‘rgazmaning ochilishi vaqtida otib o‘ldirilgandi.

Mavzuga oid