Jamiyat | 19:24 / 16.01.2017
27257
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zga sayyora maxluqidek: 3 metrli Avstraliya qizil chuvalchangi qanday ov qiladi?

Ushbu yirtqich eshitish va ko‘rish qobiliyatiga ega emas. U suvdagi tebranishlarga ko‘ra harakatlanadi.

Smithsonian Channel kanali 3 metrli Avstraliya qizil chuvalchangining (Eunice aphroditois) ov qilish jarayonini namoyish etdi.

Yirtqich okeanning tropik suvlarida 10-40 m chuqurlikda yashaydi. U ov vaqtida qumlar ostiga yashirinadi va o‘lja yaqinlashganida tezlik bilan unga tashlanadi. U o‘ljani tutgach, uni parchalaydi yoki o‘ldirib, yutadi.

Bu qurtda ko‘rish va eshitish organlari mavjud emas, u beshta paypaslagichi bilan suvdagi tebranishlarni ilg‘aydi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid