Toshiba aksiyalarining qadrsizlanishiga insayderlik ma'lumoti sabab bo‘ldi

Foto: AP
Yaponiyaning Toshiba (YO:6502) kompaniyasi aksiyalari qiymati 18,13 foizga qadrsizlanib, 236,1 iyenagacha tushgan. Bunga Nikkei nashrining o‘z manbalariga asoslangan holda ushbu kompaniya zarariga doir yangi ma'lumotlarni taqdim etgani sabab bo‘lgan.
Unga ko‘ra, Yaponiya kompaniyasining AQShdagi amaliyotlaridan ko‘rgan zarari, avvalroq e'lon qilingan 500 mlrd iyen (4,4 mlrd dollar)dan sezilarli ortiqdir. Nikkei gazetasining yozishicha, Toshiba moliyaviy yordam so‘rab Development Bank of Japan bankiga murojaat qilgan va boshqa moliya institutlaridan yordam so‘ramoqda.
Manbalarning xabar qilishicha, endilikda, Toshiba 300 mlrd iyen sarmoya jalb qilish maqsadida faqatgina chiplar ishlab chiqarish bo‘limini sotmoqchi emas. Kompaniyaning o‘zi zararlarni hisoblab chiqishni yakunlamagani, shu bilan birga, muqobil yo‘llarni o‘rganayotgani haqida so‘z yuritgan.
Ta'kidlanishicha, sanoat korporatsiyasi, sho‘'ba korxonasi Amerikaning Westinghouse kompaniyasi aktivlarini xarid qilganidan buyon moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Umuman, dekabr oyi o‘rtalaridan buyon kompaniyaning o‘rtacha kapitallashuvi 30 foizdan pastga tushib ketdi.
Mavzuga oid

18:50 / 05.08.2024
Osiyodagi fond indekslari qulamoqda - Yaponiyaning Nikkei indeksi 13 foizga tushib ketdi

17:00 / 17.05.2022
Toshiba’dan sovg‘alar bahori

08:38 / 25.11.2019
Yaponiyada bir tomchi qondan 10 dan ko‘proq turdagi saratonni aniqlash usuli ishlab chiqildi

16:57 / 01.06.2018