Jamiyat | 12:42 / 20.01.2017
16201
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Dunyodagi eng qo‘rqmas o‘rdak yo‘lbarsning jig‘iga tegishni yoqtiradi

Avstraliyadagi Symbio Wildlife hayvonot bog‘i tomonidan taqdim etilgan videorolik internet foydalanuvchilari orasida katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Unda o‘rdak yo‘lbarsning jig‘iga atayin tegishi tasvirlangan: qush yirtqich jonivorni o‘ziga hujum qilishga undaydi, shundan so‘ng suv ostiga berkinib, xavfsiz joyga suzib ketadi.

"Aftidan, o‘rdakka yo‘lbars bo‘lgan suv havzasida yashash yoqadi, va 126 kilogrammli Jular laqabli yirtqichning borligi unga umuman qizig‘i yo‘q", - deb yozdi The Telegraph.

"Dunyodagi eng qo‘rqmas o‘rdak" ma'lum bir vaqt davomida yo‘lbarsning jig‘iga tegadi, shundan so‘ng yirtqich chekinib, suv havzasidan o‘ljasiz chiqib ketishga majbur bo‘ladi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid