A Seriyada yana gollar yomg‘iri: Bugun ham uchrashuvlardan birida 8ta gol urildi

Italiya chempionatining 23-turi doirasida kechgan «Peskara» va «Latsio» uchrashuvi mehmonlar g‘alabasi bilan yakunlandi. Yakuniy hisob – 6:2, «Latsio» foydasiga.
G‘oliblar safida yarim himoyachi Marko Parolo 4ta gol urdi. Rimliklarning yana ikki goliga Balde Keyta va Chiro Immobile mualliflik qildi. «Peskara» safida Ahmad Benali va Gasto Brugman bittadan gol urdi.
Rimliklar klubi bu g‘alabadan keyin 43 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi. «Peskara» to‘qqiz ochko bilan oxirgi o‘rinda qoldi.
Muxlislar tur doirasida 4 fevral kuni o‘tkazilgan «Napoli» va «Bolonya» uchrashuvida ham 8ta gol guvohi bo‘lishgan, bu uchrashuvda mehmon sifatida harakat qilgan neapolliklar jamoasi 7:1 hisobidagi g‘alabaga erishgandi.
Italiya chempionati. A Seriya
23-tur
Peskara - Latsio - 2:6 (2:2)
Gollar: Parolo 10 (0:1). Parolo 14 (0:2). Benali 29 (1:2). Bryugman 41 (2:2). Parolo 49 (2:3). Keyta 57 (2:4). Immobile 69 (2:5). Parolo 77 (2:6).
Peskara: Bizarri, Biragi (Kreshentsi, 74), Stendardo, Domber, Zampano, Verre, Kastanos, Bryugman (Cherri, 69), Benali, Kaprari
Latsio: Marketti, Xudt, Lukaku, de Vrey, Basta, Milinkovich-Savich, Bigliya (Mugriya, 78), Parolo, Keyta (Lulich, 65), Immobile (Tunkara, 86), Anderson
Ogohlantirishlar: Bigliya, 76
So‘nggi yangiliklar
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
-
Ukrainaning Rossiya aerodromlariga kutilmagan hujumlari urushda burilish nuqtasi bo‘ladimi?
Jahon | 20:53
-
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 20:33
-
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Sport | 20:32
Mavzuga oid

12:28 / 28.10.2023
La Ligada El-klasiko, APLda Manchester derbisi, A Seriyada azaliy raqiblar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi

08:10 / 01.08.2023
SportItalia: A Seriya klubi Otabek Shukurovga qiziqmoqda

15:10 / 13.07.2023
Shomurodovga A Seriya klubi qiziqish bildirmoqda

01:31 / 16.06.2023