Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Tramp Britaniya qirollik oilasi a'zolariga sovg‘alar tayyorlayotganidan xabar topdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga safari uchun qirolicha Yelizaveta II va uning oilasiga sovg‘alar tayyorlamoqda. Bu haqda The Sunday Times nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp qirolichaga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Vashingtonga tashrifi vaqtida unga sovg‘a qilgan kubokning amerikancha variantini sovg‘a qiladi.
Ta'kidlanishicha, Tramp shahzoda Uilyam va malika Keyt bilan choy ichishga taklif qilingan. Shu munosabat bilan Tramp juftlikning farzandlari – shahzoda Jorj va malika Sharlottaga qo‘lda yasalgan egarlar tuhfa qilmoqchi.
Bu sovg‘alar Trampning mashalatchisi tomonidan tavsiya qilingan. Maslahatchi qirollik oilasi haqidagi "Toj" serialini kuzatib, qirollik oilasi a'zolari ot minishni yaxshi ko‘rishlarini aniqlagan.
Mavzuga oid

07:20
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi

07:30 / 15.07.2025
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

22:19 / 10.07.2025