Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik shoumen BAFTA g‘oliblarini kimlar tanlagani xususida hazillashdi

Foto: Rex
Britaniyalik aktyor va shoumen Stiven Fray Britaniya kino va televizion san'at akademiyasi (BAFTA) sovrinlarini topshirish marosimida rus xakerlari xususida hazillashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘oliblarni rossiyalik xakerlar tanlagan.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 12 fevral kuni Londondagi Qirollik Albert-xollda bo‘lib o‘tdi. Mukofotlarning aksariyatiga amerikaliklar loyiq topilgan.
"Qani ko‘raylik-chi, ruslar kimni g‘olib sifatida tanlashdi ekan", — degan Fray taqdirlash marosimini boshlarkan.
Amerikalik aktyor Keysi Afflek “eng yaxshi aktyor”, yana bir amerikalik Emma Stoun “eng yaxshi aktrisa” sifatida e'tirof etildi. Amerikaning “La-La Lend” myuzikli eng yaxshi film deb topildi. Ushbu kartinani suratga olgan amerikalik Demen Shazell eng yaxshi rejissyor mukofotini qo‘lga kiritdi. Amerika dramaturgi Kennet Lonergan esa, “eng yaxshi ssenariy” muallifiga beriladigan mukofot sohibi bo‘ldi.
Mavzuga oid

22:19 / 10.07.2025
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

18:08 / 10.07.2025
7 sentabrda Britaniya aholisining barcha smartfonlari bir vaqtda jiringlaydi

14:14 / 10.07.2025
O‘zbekiston-Britaniya yuridik assotsiatsiyasi tashkil etildi

11:53 / 10.07.2025