Hindistonda karkidonlarni qutqarish uchun brakonerlar o‘ldirilmoqda

Hindistonning shimoli-sharqidagi Kazirang Milliy parkida reynjyerlar karkidonlarni himoyalash maqsadida quroldan foydalanish uchun litsenziya olishdi. Bunday qaror bahsli, albatta, lekin natija bor: karkidonlarning suyagiga bo‘lgan talab ko‘payayotgani va ularning soni kamayayotganiga qaramay, Kazirangda bu jonivorlar yaxshi saqlanadi. The Conversation shu haqida ma'lumot berdi.
Natijada 2015 yilda park hududida 20 brakoner o‘ldirildi. Biroq endi jonivorlarni himoya qilish dasturi o‘zboshimchalikda ayblanmoqda. O‘rmon departamenti reynjyerlari doim harbiylarga o‘xshashgan: ular harbiy kiyimda yurishadi, qurol olib yurish huquqiga ega va jinoiy javobgarlikka tortishi mumkin. Bundan tashqari, yaqinda jonivorlarni muhofaza qilish maqsadida dronlardan foydalanishga ruxsat berildi.
Biroq hukumat reynjyerlarning yuqori militarizatsiyasi sud ishiga borib taqalishi mumkin. Bundan tashqari, parkni moliyalashtirishga katta pullar ketmoqda, bu vaqtda esa mahalliy aholi nochor kun kechirmoqda.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025