Grizmann: Ba'zida men yana qaysi jamoada o‘ynashim mumkinligi haqida o‘ylayman

Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann o‘zining klubdan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
«Men «Real Sosedad»da ketishim kerakligini his qilganimdan keyin ketganman. Hozirda esa menda bunday istak yo‘q. Bu mavsum qanday yakunlanishini hozirdan bilib bo‘lmaydi. Agar biz yomon ishtirok etsak, men bu masalaga qaytishim mumkin. Hozirda esa bu kun tartibidagi masala emas.
Ba'zida men yana qanday jamoada o‘ynashim mumkinligi haqida o‘ylayman. Ispaniyada «Barselona» va «Real» bor. Lekin «Barselona»da hujum chizig‘i yetarli darajada kuchli. «Real»ga o‘tishimning esa iloji yo‘q, chunki men «Atletiko» futbolchisiman.
Bundesliga hech qachon mening diqqatimni o‘ziga qaratmagan. Fransiyami? Hozircha bunday variant yo‘q. Angliya borasida ham menda shubhalar bor - bu mening shaxsiy hayotim bilan bog‘liq. U yerda hamisha yomg‘ir yog‘adi va yomon ob-havo hukm suradi. Men o‘zimni maydon tashqarisida ham baxtli his qilishim kerak.
Ha, men APL o‘yinlarini kuzatib boraman, u ligada hakamlar o‘ynashga qo‘yib berishadi, stadionlar esa hamisha liq to‘la. Ammo agar men bir ligani tanlashim kerak bo‘lsa, Ispaniya primerasi, chunki bu chempionat menga va mening o‘yin uslubimga mos», – deya Grizmanning so‘zlarini keltirgan GFNF.
Bundan oldingi xabarlarda ushbu futbolchi yozda Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tishi aytilgandi. Ushbu 25 yoshli futbolchining transferi uchun belgilangan badal puli 100 million yevro. Manchesterliklar uning uchun so‘ralgan mablag‘ni to‘lashga va futbolchining o‘ziga 17,7 million yevro miqdoridagi yillik maoshni tayinlashga tayyor.
Mavzuga oid

12:00 / 16.06.2025
Messi golsiz boshladi, «PSJ» «Atletiko»ni ham yakson etdi, «Bavariya» 10 ta gol urdi

11:29 / 26.02.2025
«Barsa» va «Atletiko» o‘yinida 8 ta gol urildi

16:28 / 08.02.2025
«Real» «Atletiko»ga qarshi, «Manchester Siti» nimchorakfinal yo‘llanmasi uchun kurashadi. Hafta o‘yinlari anonsi

10:13 / 22.01.2025