Jahon | 17:10 / 15.02.2017
16777
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qidiruvi bilan qo‘lga olingan terrorchi Gruziyaga Turkiyadan kelgan

Batumi shahridagi aeroportda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Gruziyaga Turkiyadan kelgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«Ushbu shaxs Interpol tomonidan u Batumiga Turkiyadan uchib kelganida, aeroport hududida qo‘lga olindi», — deyilgan Gruziya IIV xabarida.

Xabar qilinishicha, ushbu 39 yoshli shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda. O‘zbekiston tomoni ushbu shaxsni jinoiy guruh tuzish, qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirish, shuningdek, noqonuniy ravishda o‘q-dori saqlash kabi jinoyatlarda ayblab, Interpol qidiruviga bergandi.

Uning shaxsi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid