Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Xitoy dengiziga aviatashuvchi zarba beruvchi guruhni yubordi

Foto: EPA
AQSh Janubiy Xitoy dengiziga Carl Vinson aviatashuvchi kemasi va unga hamkorlik qiluvchi kemalarni jo‘natdi. Bu haqda 18 fevralda AQSh harbiy-dengiz kuchlari matbuot-xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, bu aviatashuvchi zarba beruvchi guruh "dengizda 18 fevralda odatiy operatsiyalarni boshlagan". Xabarda guruh tarkibiga kiruvchi kemalar sifatida Carl Vinson kemasi va ko‘p maqsadli zenit-raketa majmuasi Aegis bilan jihozlangan Wayne E. Meyer esminetsi aytilgan.
Guruh tarkibiga kiruvchi kema va samolyotlar hududga yetib kelishdan avval Gavayi va Guam orollari yaqinida jangovar tayyorgarlik va harakatlar uyg‘unligini oshirish maqsadida mashg‘ulotlar o‘tkazishgan. So‘ngra guruh Guamga kirib, Filippin dengizida operatsiya o‘tkazgan. Guruh qo‘mondoni kontr-admiral Jyeyms Kilbining aytishicha oxirgi haftalardagi bu mashg‘ulotlar "guruh samaradorligi va jangovarligini yaxshilagan".
Carl Vinson birinchi marta Janubiy Xitoy dengiziga 1983 yilda kelgan. O‘shandan beri kema bunday safarlardan 16 tasini amalga oshirgan.
Mavzuga oid

21:29 / 13.07.2025
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50 / 13.07.2025
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025