Jahon | 20:14 / 26.02.2017
7426
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Boris Nemtsovni xotirlab o‘tkazilgan marshda 5 ming kishi ishtirok etdi

Moskvada 2 yil muqaddam o‘ldirib ketilgan muxolif siyosatchi Boris Nemtsovni xotirlash marshi o‘tkazildi.

Marsh ishtirokchilari Akademik Saxarov prospektida o‘z yurishlarini to‘xtatishgan va plakatlarni yig‘ishtirib tarqalishgan.

Ularning bir qanchalari Nemtsov o‘ldirilgan ko‘prikda gullar o‘rnatish uchun yo‘l olishgan.

IIV ma'lumotiga ko‘ra, ushbu marshda 5 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. «Belyy schetchik» hisobiga ko‘ra esa marshga 15,2 ming kishi chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, siyosatchi Boris Nemtsov 2015 yilning 27 fevral kuni Moskvada o‘ldirib ketilgan edi. Jinoyat yuzasidan tergov ishlari bugungi kunga qadar davom etmoqda.

Ilgariroq gumondorlardan biri — «Shimol» bataloni komandiri o‘rinbosari Zaur Dadayev aybini tan olgan, so‘ng bu so‘zlaridan qaytgan edi.

Mavzuga oid