Jamiyat | 22:38 / 09.03.2017
8210
2 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan bir haftada Toshkent yo‘llarida 21 mingga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi

Toshkent shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida 3-8 mart kunlari o‘tkazilgan reydlar davomida 20911 ta qoida buzarliklar aniqlanib, ularga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi. Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan matbuot brifingida IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev shu haqda ma'lum qildi.

Ulardan 80tasi mast holatda transport vositasini boshqarish, 1.451tasi yo‘l belgilariga rioya etmaslik, 6.533ta qo‘pol qoidabuzarlik holati, 393tasi svetoforning ta'qiqlovchi chirog‘ida harakatlanish, 12.454 tasi boshqa yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini tashkil etgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini oldini olish maqsadida,

23ta transport vositasini ta'mirlash ustaxonalari va avtoturargohlarda, 408ta ta'lim muassasalari va mahallalarda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Mavzuga oid