Air India’ning 34 nafar ekipaj a'zosi kutilmagan sabab bilan parvozlardan chetlatildi

Foto: Fotolia
Hindistonning Air India aviakompaniyasi ekipajning 34 nafar a'zosini ortiqcha vaznga ega ekani sabab parvozlardan chetlatdi, deb xabar berdi fuqarolik aviatsiyasi bo‘yicha davlat vaziri Jayant Sinxa.
"Ayni damda 34 nafar ekipaj a'zosi (30 ayol va 4 erkak) tana massasining yuqori indeksi tufayli parvozlardan chetlatildi", - deyiladi Hindu nashri tomonidan e'lon qilingan xabarda.
Chetlatilgan xodimlar aviakompaniya kabina ekipaji umumiy sonining 1 foizdan kamrog‘iga teng. Sinxa ular qachon chetlatilganiga oydinlik kiritmadi. Hindiston fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi qoidalariga ko‘ra, ayollar uchun maksimal tana massasi indeksi 22ga, erkaklarniki esa 25ga teng.
"Shuning uchun ortiqcha vaznga egalar toifasiga kirgan ekipaj a'zolari parvozlardan chetlatiladi, bu ularga tegishli talablarga qaytishlarida yordam beradi. Air India ekipaj a'zolariga vaznlarini tashlash uchun yaxshi imkoniyat taqdim etmoqda. Ular ortiqcha vaznga ega xodimlar toifasidan chiqishlari bilan parvozlarga qaytariladi", - deya aniqlik kiritdi u.
Mavzuga oid

21:10 / 13.06.2025
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025