Germaniyada yo‘lovchi samolyoti bilan aloqa yo‘qolganidan keyin sarosima boshlandi

Germaniyaning shimoliy qismi ustidan uchayotgan yo‘lovchi samolyoti aloqaga chiqmay qo‘ygach, nemis hukumatida sarosima boshlandi. Air India aviakompaniyasiga tegishli samolyot aviadispetcherlarga javob bermay qo‘ygach, 5 ta atom elektrostansiyasida evakuatsiya o‘tkazildi.
Boeing 787 Dreamliner rusumidagi samolyot Vengriyadan Buyuk Britaniyaga reys amalga oshirayotgan bo‘lgan. Uning bortida 239 yo‘lovchi bo‘lgan. Samolyot Germaniyadan o‘tayotganda 22 daqiqaga aloqaga chiqmay qo‘ygan. Bu vaqt davomida samolyotni Chexiya, Germaniya va Belgiyaga qarashli harbiy samolyotlar navbatma-navbat kuzatib borishgan. Spiegel nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniya harbiy-havo kuchlarining ikkita Eurofighter samolyoti uni Kyolngacha kuzatib borgan.
Germaniya hukumati samolyotni terrorchilar qo‘lga olgan deb xavotirlangan. Biroq oqibatda samolyotda aloqa bilan muammolar yuzaga kelgani aniqlangan. Bunga esa texnik nosozlik yoki qurilmadan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Brokdorf, Brunsbyuttel, Gronde, Lingen va Untervezer kommunalaridagi AESlar evakuatsiya qilingan. Ayni vaqtda Brokdorfdagi AESdan tashqari boshqa stansiyalar yopilgan va ishlamayapti.
Mavzuga oid

14:16 / 19.06.2025
Germaniya TIV rahbari Eron bilan urush kengayishi xavfi haqida ogohlantirdi

12:56 / 18.06.2025
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti

13:55 / 17.06.2025
Germaniya Isroil va Erondan 5 ming kishini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda

13:36 / 17.06.2025