Husni Muborak uyga qaytishga tayyorlanmoqda

Foto: AP
Misr sobiq prezidenti Husni Muborak olti yillik tanaffusdan so‘ng uyga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Al-Youm al-Sabia nashrining xabar berishicha, bu yaqin soatlarda ro‘y berishi mumkin. Gazetaning o‘z manbalariga asosan xabar berishicha, Qohira harbiy gospitali va uning atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirildi, ma'muriyat sobiq siyosatchi davolash muassasasini tark etishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bu mamlakat bosh prokuraturasi himoyachi Farid ad-Dibning Muborakni qamoqdan chiqarish haqidagi murojaatini qanoatlantirgach, yuz berdi. Mart oyi boshida esa Misr kassatsiya sudi 2011 yilgi tartibsizliklarda namoyishchilarning qotilligiga aloqadorlikda ayblangan Muborakka nisbatan oqlov hukmini chiqardi.
Ayni damda mamlakatning sobiq birinchi xonimi Suzan Muborak ham kasalxonada, u turmush o‘rtog‘iga narsalarini yig‘ishda yordam bermoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq prezident bolalarining uyiga bosh tortgan hamda prezidentlik davrida istiqomat qilgan uyga qaytish xohlamoqda. Gap Qohiraning Geliopolis tumanidagi Halim Abu Seyf ko‘chasida joylashgan bino haqida bormoqda.
Muborak 2011 yilning 28 fevral kuni, katta xalq noroziligi fonida o‘z iste'fosi haqida e'lon qilganidan so‘ng uy qamog‘iga joylashtirilgandi.
89 yoshli Muborak umumiy hisobda 3 yilni qamoqxona va kasalxonada o‘rtasida o‘tkazdi. Sobiq prezident yana uch yil Qohiraning Maadi tumanidagi harbiy gospitalda bo‘lgan.
Mavzuga oid

14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi

15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi

02:18 / 10.05.2025