Alangalangan gaz ballonini tezda qanday o‘chirish mumkin?

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli politsiyachisi Sushil Kumar ko‘chada odamlarga alangalangan gaz ballonini tezda o‘chirish usulini namoyish qildi. Kumar bu jarayonning videosini Feysbukdagi sahifasida joylashtirgan.
Kumar agar gaz balloni gaz sizib chiqishi oqibatida alangalansa, olovni o‘chirish uchun gaz ballonini ho‘l latta bilan o‘rab olish kerakligini ko‘rsatdi. Uning aytishicha, ho‘l latta kislorod kelishini kamaytirib, olovni o‘chirishga yordam beradi. Biroq politsiyachi bundan avval avariyaviy xizmatni chaqirtirish lozimligini eslatib o‘tdi.
Kumarning sahifasida joylashtirilgan bu rolikni ayni vaqtda 7 mln ga yaqin kishi tomosha qilgan. Times Of India nashrining ta'kidlashicha, gaz ballonlari portlashi oqibatida odamlar halok bo‘lgan hodisalar deyarli har kun yuz beradi.
Shunday oxirgi voqealardan biri 15 mart kuni Hindistonning Kanpur shahridagi korxonalardan birida yuz bergan. Bu yerda gaz portlashi 6 kishining halok bo‘lishiga va yana 13 kishining yaralanishiga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025