Jamiyat | 19:42 / 25.03.2017
9049
1 daqiqa o‘qiladi

Honkongdagi savdo markazida eskalator buzilib qolishi oqibatida 18 kishi jabrlandi

Honkongdagi Langham Place savdo markazida eskalator buzilib qolishi oqibatida 18 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda RTHK radiostansiyasi.

Ta'kidlanishicha, uzunligi 40 m bo‘lgan eskalator deyarli ikki barobarga tezlashib ketib, so‘ngra keskin to‘xtagan. Bu paytda eskalatorda anchagina odam bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, jabrlanganlar orasida 14 erkak va 4 ayol bor.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s
 

Mavzuga oid