Turk aviatsiyasi 3 kun ichida Gretsiya havo hududini 37 marta buzdi

Foto: AP
Turkiya harbiy-havo kuchlari samolyotlari oxirgi 3 kun ichida Gretsiya havo hududiga 37 marta bostirib kirdi, deb yozmoqda Gretsiya mudofaa vazirligidagi amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Times nashri.
Parvozlarda F-4 qiruvchi-bombardimonchi hamda ko‘p maqsadli F-16 qiruvchi samolyotlari ishtirok etgan. 27 mart kuni Turkiyaning CN-235 razvedka samolyoti Gretsiya hududini 16 marta buzgan.
Harbiy tahlilchi Atanasios Drugosning fikricha, turk samolyotlarining Gretsiyaga bostirib kirishi nafaqat borgan sari ko‘paymoqda, balki ig‘vogarroq ko‘rinish olmoqda.
"Ular nodo‘stona harakat qilishmoqda, Gretsiya havo hududiga chuqurroq kirib borishmoqda, aholi yashaydigan hududlar ustidan uchib o‘tishmoqda", deb aytgan mutaxassis.
Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi munosabatlar Gretsiya sudi Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishishga aloqador deb gumon qilingan 8 nafar turk harbiysini yanvar oxirida Turkiyaga berishdan bosh tortgandan keyin keskinlashgan.
Mavzuga oid

00:40
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

18:35 / 02.06.2025
Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari yopiq eshiklar ortida o‘tdi

11:24 / 02.06.2025
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi

18:39 / 31.05.2025