Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Konfederatsiyalar kubogida ishlaydigan hakamlarni e'lon qildi. Ermatov ro‘yxatda yo‘q

FIFA Konfederatsiyalar Kubogida faoliyat olib boradigan hakamlar nomini e'lon qildi. Ro‘yxat tashkilot rasmiy saytida e'lon qilingan.
Turnirga 5ta turli mintaqalarning 9 nafar bosh hakamlari taklif etilgan. Osiyodan Saudiya Arabistoni vaikli Fahar al-Mirdasi va eronlik Alirizo Fag‘oniy ishlaydi. To‘liq ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:
Fahad al-Mirdasi (Saudiya Arabistoni), Alirizo Fag‘oniy (Eron), Bakari Gassama (Gambiya), Villyam Geyger (AQSh), Nestor Pitana (Argentina), Vilmar Roldan (Kolumbiya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya) va Damir Skomina (Sloveniya).
«Barcha hakamlar Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018da ishlashga da'vogar hakamlar. Ular shunday muhim turnirlardan biri bo‘lgan Konfederatsiyalar Kubogi orqali JChga tayyorgarlik ko‘rishadi. Biz ular musobaqani o‘ta yuqori darajada o‘tkaza olishiga ishonchimiz komil», — degan FIFA hakamlik qo‘mitasi rahbari Perluiji Kollina.
Mavzuga oid

12:23 / 25.04.2025
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi

15:21 / 26.02.2025
Ravshan Ermatov: «Osiyo kubogi mezbonligi bizga topshirilsa, Markaziy Osiyo tarixdagi eng yorqin forumlardan birini o‘tkaza oladi»

21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi

16:59 / 27.10.2021