Jamiyat | 19:54 / 05.05.2017
5746
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyada qo‘riqxonadan qochib ketgan fillar 4 kishini yanchib tashladi

Foto: RIA

Keniya sharqidagi Meru milliy bog‘idan qochib ketgan fillar yaqin oradagi bir nechta qishloqlarga talofat yetkazdi. Boz ustiga fillar 4 kishini bosib tashlagan, deb xabar bermoqda Milliyet nashri.

Fillarning hujumidan 43, 20 va 17 yoshli mahalliy fermerlar va bir bola halok bo‘lgan.  

Mahalliy aholi bundan vahimaga tushib, farzandlarini maktabga yuborishga qo‘rqmoqda. Politsiya va yovvoyi tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha faollar hozircha qochoq fillarni topa olmayaptilar.

Mavzuga oid