Toshkent Frantsuz alyansi raisi Shoazim Minovarov Fransiyaning oliy ordeni bilan taqdirlandi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Toshkent Frantsuz alyansi raisi Shoazim Minovarovni Fransiyaning "Xizmatlari uchun" milliy ordeni zobiti ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Minovarov Fransiya hukumati tomonidan Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, O‘zbekistonda fransuz tili va adabiyotini o‘rganishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.
Fransiya elchisi Violen de Vilmor Minovarovga ushbu faxriy mukofotni uning oila a'zolari, yaqinlari va do‘stlari, fransuz tili shaydolari ko‘z o‘ngida topshirdi.
Orden odamlarning barcha sohalardagi alohida xizmatlarini rag‘batlantirish maqsadida taqdim etiladi. Orden o‘rnak bo‘lish, istaklarni birlashtirish va Fransiya shuhratini yoyish uchun qo‘shilgan hissani munosib taqdirlash kabi qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi.
Mavzuga oid

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

23:26 / 30.05.2025
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi

21:21 / 28.05.2025
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi

20:15 / 27.05.2025