Go bo‘yicha jahon chempioni AlphaGo sun'iy intellektiga mag‘lub bo‘ldi

Foto: Reuters
Ke Tsze go (veytsi xitoy shashkalari) bo‘yicha jahon chempionatida AlphaGo kompyuter dasturidagi birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Sina portali shu haqida xabar berdi.
Sportchi va sun'iy intellekt o‘rtasidagi navbatdagi o‘yinlar 25- va 27-mayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2016 yilning may oyida go bo‘yicha Janubiy Koreya chempioni Li Se Dol va AlphaGo dasturi o‘rtasida mukofot puli 1 million dollarni tashkil qilgan o‘yinlar seriyasi o‘tkazilgan. O‘shanda besh raunddan to‘rttasida sun'iy intellekt g‘olib bo‘lgan edi. Koreya Respublikasining Go assotsiatsiyasi Google DeepMind kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan AlphaGo kompyuter dasturiga eng yuqori to‘qqizinchi dan darajasini berdi.
Go 3 ming yillik tarixga ega. Dunyoda 40 milliondan ziyod kishi shu o‘yinga qiziqadi. O‘yin taxtasidagi kombinatsiyalar soni 170-bosqichda 10 tagacha yetadi.
Mavzuga oid

09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda

23:07 / 17.04.2025