Meksikalik qiz shippak va yubka kiygan holda 50 kilometrlik marafon g‘olibi bo‘ldi

Meksikada taraumara qabilasiga mansub bo‘lgan 22 yoshli Mariya Lorena oddiy rezina shippak hamda yubka kiygan holda ultramarafonda qatnashib g‘olib bo‘ldi.
U hech qanday professional ekipirovkalarsiz chopgan, u marafonga alohida tayyorgarlik ham ko‘rmagandi. Ramires 50 kilometrlik masofani 7 soatu 3 daqiqada bosib o‘tgan va g‘olib chiqib, 6 ming dollar miqdorida yutuqqa ega bo‘lgan.
Taraumara hindulari vakillari dunyodagi chidamli kishilar hisoblanishadi. Ular katta dashtlarda istiqomat qilishadi va savdo qilinadigan shaharlarga borib kelish uchun ko‘p masofani chopib o‘tishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid

23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

00:27 / 10.05.2025