«Barselona» murabbiyi o‘ziga yangi jamoa topdi

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrikening amaldagi yordamchisi Xuan Karlos Unsue Ispaniyaning boshqa bir jamoasi «Selta»ni boshqarishga juda yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Faro de Vigo.
Manba bergan xabarga ko‘ra, muzokaralar juda muvaffaqiyatli ruhda davom etmoqda. Tomonlar yaqin soatlar ichida shartnoma shartlari bo‘yicha butunlay kelishuvga erishishi kutilmoqda. Shunday holatda «Selta»ga Luis Enrikening boshqa yordamchilari ham yo‘l olishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ispan matbuot Unsueni «Barselona»ni boshqarishga nomzod murabbiylardan biri ekani haqida yozgandi. Ammo so‘nggi kunlarda kataloniyaliklarni boshqarish uchun faqatgina «Atletik» Bilbao ustozi Ernesto Valverde nomi tilga olinmoqda.
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:36 / 07.05.2025