Amerikalik muslim cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan pitssa uchun 100 million dollar talab qildi

Foto: Fotolia / elnariz
Michigan shtatida yashovchi Muhammad Bazziy uni aldab ikki marta cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan kolbasa qo‘shilgan pitssa sotgan pitstseriyaga qarshi da'vo ishi ochdi va kompensatsiya sifatida 100 million dollar talab qildi. Gap shundaki, u pitstseriya xodimlaridan taomni tayyorlashda cho‘chqa go‘shtidan foydalanmaslikni so‘ragan. Detroit Free Press shu haqida xabar berdi.
Da'vogar Little Caesars pitstseriyalar tarmog‘iga ikki marta pitssa buyurtma qilgan. Mart oyida u "halol" belgisi qo‘shilgan taom xarid qilgan. Manbada ma'lum qilinishicha, Bazziy va uning turmush o‘rtog‘i faqat uni totib ko‘rgachgina cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan pepperoni tanovul qilayotganliklarini anglab yetishgan. Bazziyning o‘zi ilgari pitstseriyada ishlagani va shu bois aynan cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan pepperonini yaxshi farqlay olishini aytgan. G‘azablangan erkak politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.
Bazziy ikkinchi marta pitssaga buyurtma berganida unda yana cho‘chqa go‘shti ta'mi bo‘lgan. Restoran menejyeri Bazziyning e'tiroziga javoban go‘yoki xaridorning o‘zi "halol" belgisini yopishtirishni talab qilganini aytgan, biroq Bazziyning advokati Majid Mug‘niy bu ayblovlarni rad etgan.
"Halol cho‘chqa degan tushuncha yo‘q. U islomda umuman taqiqlangan", - deydi advokat.
Advokat da'vo ishini guruh darajasiga ko‘tarmoqchi. Manbada ta'kidlanishicha, 2011 yilda ana shunday da'vo ishi McDonald's tarmog‘iga 700 ming dollarga tushgan edi. Restoran mijozlarga nohalol tovuqni taqdim etgan.
Mavzuga oid

21:10 / 29.05.2025
Putin Ukraina bilan Istanbul muzokaralaridan so‘ng armiyasini yangi hujumga tashladi

20:42 / 29.05.2025
AQSh yangi yadroviy bombalarni seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi

20:41 / 29.05.2025
HAMAS Uitkoffdan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklif oldi

18:37 / 29.05.2025