Xitoy G7’ning bahsli hududlar bo‘yicha bayonotini qoraladi

Foto: Reuters
Pekin G7 davlatlari sammiti yakuni bo‘yicha qabul qilingan yakuniy deklaratsiyani qoraladi. Unda bahsli hududlarni qurollantirish siyosati qoralangan. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kan chiqish qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Diplomatning aytishicha, "Katta yettilik" davlatlari xalqaro huquq bahonasida mintaqaviy masalalarga aralashmoqda. "Pekinning bu masala bo‘yicha pozitsiyasi aniq va izchildir. Biz bevosita aloqador tomonlar bilan muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan Sharqiy Xitoy dengizi va Janubiy Xitoy dengizidagi bahslarning tegishlicha hal qilinishi, hamkorlik va tinchlikning mustahkamlanishi tarafdorimiz", deb aytdi Lu.
Uning ta'kidlashicha, Pekin G7 va boshqa davlatlarni vaziyatni yaxshilab o‘rganib chiqishga, bahslar bo‘yicha biror pozitsiyani egallamaslikka va'da berish, mintaqadagi davlatlarning bahslarni hal qilish bo‘yicha sa'y-harakatlarini to‘liq hurmat qilish va mas'uliyatsiz e'tirozlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Sharqiy Xitoy dengizida Xitoy va Yaponiya o‘rtasida Senkaku oroli bo‘yicha hududiy bahs mavjud. Orol yaqinida neft zaxiralari topilgan. Amaliyotda bu orolni Yaponiya nazorat qiladi, biroq 1960-yillar oxiridan bu orolga Xitoy ham da'vogar qilib keladi. Pekinning fikricha, ushbu arxipelag 14-asrda xitoyliklar tomondan ochilgan va azaldan Xitoy yeri hisoblanadi.
Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlarga esa Xitoy, Tayvan, Malayziya, Filippin, Bruney va Vetnam da'vogarlik qiladi. Skarboro marjonqoyasi va shelfida katta neft va gaz zaxiralari borligi taxmin qilinadigan Spratli janubiy arxipelagi atrofidagi vaziyat ayniqsa keskin ko‘rinish olgan.
Mavzuga oid

12:40 / 12.06.2025
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

23:50 / 11.06.2025
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi

22:36 / 10.06.2025
Xitoy keksalarga yordam beradigan robotlarni sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

21:25 / 10.06.2025