Allegri «Real»ga qarshi final o‘yinida kimdan ko‘proq xavfsirashini aytdi. Bu Ronaldu emas

«Yuventus» jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Real»ga qarshi o‘yinda raqibning qaysi futbolchisini maydonda ko‘rishni istamayotgani haqida gapirdi.
«Hozirda hamma Isko yoki Beyl haqida gapirmoqda. Ammo men «Real»ning eng muhim futbolchisi sifatida Kazemironi aytgan bo‘lardim. Kazemirosiz «Real» hozirdagi kabi o‘ynay olmagan bo‘lardi.
Aynan ushbu futbolchi «Real» o‘yiniga muvozanat bag‘ishlaydi. Men uning harakatlari jamoaning poydevori hisoblanadi deb hisoblayman. Uning texnikasi juda zo‘r emas, ammo u juda muhim ishlarni bajaradi. Uning vazifasini boshqa futbolchi bajara olmagan bo‘lardi.
Kazemiro asosiy tarkibda tusha boshlaganidan buyon «Real»da ko‘p narsa o‘zgardi», – deya Allegrining so‘zlarini keltirib o‘tgan Marca nashri.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionlar ligasi finali 3 iyun kuni Uels poytaxti Kardiffdagi «Millenium» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni Brix boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025