Toshkent hayvonot bog‘i uzoq kutilgan xursandchiligi bilan bo‘lishdi (suratlar)
2017 yilning 1 iyuni - Bolalarni himoya qilish kuni Toshkent shahridagi hayvonot bog‘i uchun ikki karra bayram bo‘ldi. Nihoyat, uzoq kutilgan voqea ro‘y berdi - oqqush bolaladi. Hayvonot bog‘i ma'muriyati o‘z saytida shu haqida xabar berdi.
Bu Toshkent hayvonot bog‘ida oqqushlarni ko‘paytirishning birinchi muvaffaqiyatli tajribasidir. Bundan avvalgi urinishlarning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi.
Oqqushlar juftligi uchun maxsus katta hovuzli alohida katak taqdim etildi. Oqqush avlodini ko‘paytirish ilinjida "Suvda suzuvchilar" bo‘limi xodimlari o‘z qo‘llari bilan yog‘och uycha qurishdi, bu qushlarga ma'qul keldi.
"Bolajonlarning bayrami kunida biz katta quvonch va faxr bilan mitti momiqchalarning suratlarini taqdim etamiz", - deyiladi hayvonot bog‘i saytida.
Mavzuga oid

10:06
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

22:38 / 03.06.2025
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

17:32 / 03.06.2025