Afrika davlatlari ham Qatarni yakkalatib qo‘yishmoqchi
Niger Qatardan o‘z elchisini chaqirib oldi. Bu Doha bilan diplomatik aloqalarni uzgan arab davlatlari bilan birdamlik maqsadida qilindi. Qatarni terrorizmni moliyalashtirishda ayblashmoqda, deb xabar beradi Reuters.
Afrikaning qator davlatlari Qatarni yakkalatib qo‘yish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirmoqda. Masalan, Senegal mamlakatdan o‘z elchisini chaqirib olish rejasi borligini ma'lum qilgan.
Diplomatik mojaro 5 iyun kuni ertalab yuz berdi. Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, ushbu davlat bilan diplomatik aloqalarni uzishdi. Keyinchalik Yaman, Liviya, Maldiv, Mavrikiy, Mavritaniya va Komor ham ular safiga qo‘shildi.
Mavzuga oid

07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi

11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025