Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganlik uchun jazo kuchaytirildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritdi. Unga ko‘ra, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish va unga undash uchun jazo kuchaytirildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish yoki unga po‘pisa, shafqatsiz munosabat yoki shaxsning sha'ni yoxud qadr-qimmatini tizimli ravishda kamsitish orqali tahdid qilish 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, mazkur harakatlarni voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etilsa – yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zini-o‘zi o‘ldirishga undaganlik, ya'ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish natijasida shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, mazkur harakatlarni voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilsa – besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid

18:33
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi

16:28 / 09.07.2025