Afg‘onistonda pokistonlik diplomatlar izsiz yo‘qoldi

Foto: © RIA Novosti
Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahridagi konsulxonada ishlagan ikki nafar pokistonlik diplomat izsiz yo‘qolgan. Bu haqda Pokiston IIV ma'lumotiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, diplomatlar xizmatni yakunlab vatanga qaytishi kerak edi, ammo 16 iyundan buyon ular aloqaga chiqmagan.
«Pokiston Afg‘oniston hukumatiga murojaat qilib, diplomatlar imkon qadar tezroq topilishi uchun barcha choralarni ko‘rishni va bunga aybdorlarni jazolashni so‘radi», — deyilgan Pokiston IIV xabarida.
Rasmiy Islomobod ma'lumotida Afg‘onistonda diplomatlarni topish uchun guruhlar tuzilgani aytilgan.
Mavzuga oid

15:44
To‘qimachilik sohasidagi ayrim korxonalar pokistonliklar boshqaruviga berilishi mumkin

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

14:00 / 04.06.2025
O‘zbekiston va Pokiston "Yashil makon" dasturlari doirasida hamkorlik qiladi

13:21 / 04.06.2025