Velopoygachi ikki soat davomida egasidan qochgan itni quvdi (video)

Mexikoda velosipedchi egasidan qochib ketib, katta yo‘l bo‘ylab harakatlangan itning ketidan quvdi. Daily Mail nashri ushbu rolikka e'tibor qaratdi.
Velosipedchi o‘z dubulg‘asiga video o‘rnatdi. Ikki soat davom etgan "poyga"da it bir necha marta tezligini oshirdi va velosipedchiga yengilmadi.
Rolik yakunida jonivor trotuarga o‘tishga majbur bo‘ladi va shundan keyingina velosipedchining chorlovi bilan yo‘lovchilardan biri uni ushlab qolishga muvaffaq bo‘ladi.
It va velosipedchi poygasi shahardagi videokuzatuv kameralariga ham muhrlangan. Video qahramonining so‘zlariga ko‘ra, qochoq it egasiga qaytarilgan.
Volaris mahalliy aviakompaniyasi erkakning jasoratiga tan berib, uni barcha yo‘nalishlar uchun bepul chiptalar bilan mukofotladi.

Mavzuga oid

12:53 / 03.03.2025
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda fuqaro itlar hujumidan so‘ng vafot etganini rad etdi

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

14:32 / 16.11.2024
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi

16:47 / 29.10.2024