Velosipedchi tog‘ poygasida sug‘urga yutqazib qo‘ydi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda velosipedchi tog‘ yo‘lida sug‘ur bilan bellashgan video tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Video YouTube kanalida taqdim etildi.
Voqea Fransiyadagi Kurshevel tog‘-chang‘i kurorti hududida ro‘y bergan. Velosipedchi-frirayder Mikael Bimboning oldida sug‘ur paydo bo‘lganida u pastga tomon harakatlanayotgan edi.
Jonivor shu qadar tez yugurganki, Bimbo qanchalik tez harakatlanmasin, uni quvib yeta olmagan. Oxir-oqibat sug‘ur velosipedchining g‘olib bo‘lishiga yo‘l bermagan holda boshqa yo‘lga burilib ketgan.

Mavzuga oid

07:43 / 27.04.2024
O‘zganing sir saqlanishi lozim bo‘lgan videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayol ushlandi

12:54 / 16.05.2023
"Telegram"da fuqarolar sha’nini kamsituvchi videolar joylashtirgan guruh qo‘lga olindi

13:10 / 29.08.2022
Toshkentda tez yordam mashinasi velosipedchini urib yubordi

11:46 / 24.05.2021