Toshkentdagi eng yirik bozorlarda antiterror mashqlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston kuch tuzilmalari Toshkentning «Abu Sahiy», «Bek Baraka» va «Karvon» bozorlarida 3 iyul hamda «O‘rikzor savdo kompleksi»da 5 iyul kuni antiterror mashqlarini o‘tkazdi. Bu haqda 1news.uz xabar tarqatdi.
Mashqlarda Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirok etgan. Shuningdek, qidiruv itlariga ega xodimlar ham qatnashgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mashqlar o‘tkinchilar va omborchilarda tashvish keltirib chiqargan, ular oldindan ogohlantirilmagan.
Avvalroq «Buxoro-1» temir yo‘l vokzalida antiterror mashqlari bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025